
1984
- Самовывоз из магазинаФилиал Чорсу · готово сегодняБесплатно
- Курьер по ТашкентуЗавтра или в течение 1–2 дней25 000 сум
- В регионыBTS, EMU или Uzpost · 2–5 днейот 20 000 сум
«Katta Og'a seni kuzatmoqda!» Jorj Oruellning ushbu o'lmas antiutopiyasi – mutlaq nazorat, qo'rquv va inson erkining so'nishi haqidagi daxshatli ogohlantirishdir. Okeaniya davlatida haqiqat – yolg'on, ozodlik esa qullik demakdir. Har bir qadam, har bir so'z, hatto har bir fikr «Fikr politsiyasi» nazorati ostida. Asar qahramoni Uinston Smit yolg'onlar ustiga qurilgan ushbu tizimga qarshi chiqishga, taqiqlangan tuyg'ularni his qilishga jur'at qiladi. Biroq shaxs va shafqatsiz tuzum orasidagi bu kurashda g'alaba qozonish mumkinmi? Ushbu asar shunchaki badiiy to'qima emas, balki erkinlikning qadrini anglatuvchi va tafakkurni hushyor torttiruvchi buyuk durdonadir. Zotan, dunyoda «ikki karra ikki to'rt» ekanligini isbotlash uchun ham gohida ulkan jasorat talab etiladi.









