
Assalom, qayg'u
- Самовывоз из магазинаФилиал Чорсу · готово сегодняБесплатно
- Курьер по ТашкентуЗавтра или в течение 1–2 дней25 000 сум
- В регионыBTS, EMU или Uzpost · 2–5 днейот 20 000 сум
O'zbek adabiyotsevarlariga «Ko'lmak suvda quyosh parchasi» asari bilan tanish bo'lgan farang adibasi Fransuaza Sagan bundan 66 yil avval o'zining ilk asari – «Assalom, qayg'u»ni yozdi. Mazkur mo'jaj roman 17 bahorni qarshilagan muallifni ko'z ochib yumguncha chaqmoq misol butun dunyoga mashhur qildi. Gap shundaki, navnihol Sagan o'sha paytda bir qolipdagi an'anaviy uslublarga chap berib, o'z qahramonlarini xuddi hayotdagidek jonli tasvirlagan va bir xillikdan zada kitobsevarlarning naq ko'nglidagilarni bitgandi. Garchi asarda hali ishq sururini totib ko'rmagan balog'at yoshidagi qizning kechinmalari tasvirlangan bo'lsa-da, «Assalom, qayg'u» birinchi galda tuyg'ularni asrash, sevgi-muhabbatni tarbiyalash haqida edi, romanning bosh qahramoni aytmish: «Sevgi dunyodagi eng yoqimli, asil narsa. Uni nimaning evaziga sotib olishing muhim emas».




