
Barchasi senga atalgan
- Самовывоз из магазинаФилиал Чорсу · готово сегодняБесплатно
- Курьер по ТашкентуЗавтра или в течение 1–2 дней25 000 сум
- В регионыBTS, EMU или Uzpost · 2–5 днейот 20 000 сум
Bu hayotda boshdan o‘tkazganlaringning barchasi sen uchun darsdir. Hech narsa uchun kech bo‘lgani yo‘q. Nima bo‘lganda ham sen o‘zingga kech qolma, o‘tmishda yashama. Hayotingda yangi bir sahifa och. Umringga yangi bir boshlanma tuhfa et…. Keyin esa o‘zgarmaydigan bedavo narsalarni hayot sahifangdan birma-bir o‘chirib tashla. Hayotingni rango-rang onlar bilan bo‘ya. Tushkunlik, umidsizlik yukini yelkangdan uloqtir. Yuragingda umidga joy bo‘shat. Orzularingni fikrlaring bilan uyg‘unlashtir. Ko‘nglingni og‘ritgan, senga yomonlik tilaydigan, yaxshilik tomon yurmaydigan kimsalarning ustini qalin chiziqlar bilan chizib tashla. Ko‘z yoshlaring daryodek oqishiga sabab bo‘lganlarni ko‘ngling qatlaridan chiqarib tashla. O‘zingga yangi va yoqimli onlar hadya qil.





