
Idealist o'qituvchi
- Самовывоз из магазинаФилиал Чорсу · готово сегодняБесплатно
- Курьер по ТашкентуЗавтра или в течение 1–2 дней25 000 сум
- В регионыBTS, EMU или Uzpost · 2–5 днейот 20 000 сум
Xalqning uyg'oq bo'lishi, jamiyat ravnaq topishi uchun o'qituvchilarning o'rni beqiyos. Har bir sohadagi mutaxassis ortida o'nlab ustozlar, o'qituvchilar turadi. Ularning ta'lim-tarbiyasi sababli kishi kamol topadi. Bu ta'lim-tarbiya maktabdan boshlanadi. «Idealist o'qituvchi» kitobining qahramoni Rachinskiy ham xalqim deb, yurtim deb universitetda dars berib turgan professor bo'lishiga qaramay, chekka qishloqlarning birida maktabda o'qituvchilik qilishni lozim topdi. U bu yo'lda ko'plab tana-dashnomlar, mashaqqatlarga yo'liqqan bo'lsa-da, maqsadiga erishish orqali turli sohalardagi o'nlab mutaxassislar yetishib chiqishiga sabab bo'ldi. Shu jihatdan «Idealist o'qituvchi» kitobi ilmga muhabbatli har bir kishi qalbiga nur olib kiradi dega olamiz.






