
Devona
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Aziz kitobxonim! Siz meni kitoblarim orqali ta- niysiz. Lekin yozib sizga yetib bormagan yozuvlarim kancha…. Yozmaganlarim qancha! Qayerlardadir yozili shini, qog‘ozga to‘kilishni kutib turgan jumlalarim bor… Xuddi kecha ko‘rgan, ammo uzuq-yuluq eslangan tushlar kabi… Kimgadir aytib berishni istagan, birok aytib bersang ham chala-yarim ekanini bilgan tushlaring kabi. Sir saqlagan hikoyalarim bor. Aslida, buni aytishga biroz tortinyapman. Xijolatdaman. Chunki boshida sizga barcha sirlarimni aytishga va’da bergandim. Endi esa ba’zilarini o‘zimda olib kolganimni ay- tib, o‘zimni sizlarga bevafolik kilgandek sezyapman. Aslida, sizlardan yashirmadim. Ushbu hikoyalarni xam sizlarga aytib berish uchun bir joyga saqlab qo‘ydim. O‘z vaqtini kutib turdi. Biroq charchadim. Roman- ga aylanmagan hikoyalarni zehnimda olib yurishdan charchadim. Biroz qo‘rqdim ham. Unutishdan va sizlar- ga aytib bermasdan o‘lib ketishdan…. Vaqti-soati kel- ganga o‘xshaydi, shuning uchun sizlarga yozyapman.









