Ommaviy oferta
Kitoblarni masofadan sotib olish shartnomasi.
1. Shartnoma predmeti
Sotuvchi (IXLOS) xaridor saytda tanlagan kitoblarni unga topshirish, xaridor esa ularni qabul qilib, haqini to'lash majburiyatini oladi.
2. Buyurtma va tasdiqlash
Xaridor “Buyurtmani tasdiqlash” tugmasini bosganda oferta qabul qilingan hisoblanadi. Operator buyurtmani telefon orqali tasdiqlaydi.
3. Narx va to'lov
Narx buyurtma paytida saytda ko'rsatilgan narx bo'yicha belgilanadi. To'lov qabul qilganda yoki onlayn to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
4. Yetkazib berish
Yetkazib berish usuli va narxi buyurtmada tanlanadi. Pochta xizmatlari narxi taxminiy bo'lib, operator tomonidan aniqlashtiriladi.
5. Qaytarish va almashtirish
Shikastlangan yoki buyurtmaga mos kelmagan kitob 14 kun ichida almashtiriladi yoki uning puli qaytariladi.
