Yetkazib berish
Buyurtmani do'kondan olib ketishingiz, Toshkent bo'ylab kuryer orqali yoki viloyatlarga pochta orqali olishingiz mumkin.
Do'kondan olib ketish — bepul
Chorsu filiali har kuni 09:00–21:00 ishlaydi. Buyurtma tayyor bo'lishi bilan SMS yuboramiz va uni 3 kun saqlaymiz.
Toshkent bo'ylab
Kuryer 1–2 kun ichida eshikkacha yetkazadi — 25 000 so'm, 200 000 so'm dan yuqori buyurtmalar uchun bepul. Express – Yandex Delivery orqali 21:00 gacha berilgan buyurtma shu kuni yetkaziladi, narxi masofaga qarab (taxminan 35 000 so'm).
O'zbekiston bo'ylab
BTS Express (1–3 kun, filialdan olasiz), EMU (1–3 kun, uyingizgacha) va Uzpost (3–5 kun, pochta bo'limidan). Narx viloyat va buyurtma vazniga qarab hisoblanadi, operator buyurtmani tasdiqlashda aniqlashtiradi.
Qadoqlash
Har bir kitob alohida qadoqlanadi. Xohlasangiz, 2 000 so'mga kraft paketda sovg'a sifatida o'rab beramiz.
