Asosiy qismga o'tish
199 997 so'm dan bepul yetkazib berish

Dunyolar jangi

35 000 so'm
Sotuvda bor
1
  • Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
  • Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
  • ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan

Ingliz yozuvchisi Herbert Uells o'zbek kitobxonlariga «Vaqt mashinasi», «Ko'rinmas odam» kabi mashhur asarlari bilan tanish. Uning «Dunyolar jangi» romani 1898 yilda kitob holida chop etilgan. Asarda o'zga sayyoraliklarning Yer sayyorasiga hujum qilish mavzusi qalamga olingan bo'lib, bu kitob o'sha davr uchun katta yangilik hisoblangan. Voqealar muallifning vatani bo'lmish Angliyada sodir bo'ladi. Asar XX asr davomida dovrug'ini saqlab qoldi va hozirgi kunda ham fantastik asarlar reytingidan tushgani yo'q. Dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilingan hamda roman asosida Stiven Spilberg tomonidan film ishlangan. Romanning 1938 yildagi radiopostanovkasi shu qadar realistik tarzda eshittirilganki, ayrim tinglovchilar voqealarni haqiqiy marsianlar bosqini sifatida qabul qilgan. Roman g'oyasi qisman Tasmaniya aborigenlarining qirib tashlanishining tarixiy ta'sirida shakllangan bo'lib, bu holat Uellsni insoniyatning o'zidan taraqqiy etgan kuch bilan to'qnash kelgandagi taqdiri haqida mulohaza yuritishga undagan.

Shunga o'xshash kitoblar