Asosiy qismga o'tish
199 997 so'm dan bepul yetkazib berish

Ganbatte!

Nobuo Suzuki
45 000 so'm
Sotuvda bor
1
  • Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
  • Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
  • ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan

Taslim bo'lish arafasida turganlar uchun… Yiqilish emas, yiqilganda turishni istamaslik mag'lubiyatdir! Har tong ko'zingizni ochganingizda hayot sizga yangi sinovlarni hozirlab turgan bo'lishi mumkin: ba'zan yelkangizga tog'dek yuklarni ortadi, ba'zan yo'llaringiz berkilib, so'nggi kuchingiz ham tugagandek tuyulgan lahzalar bo'ladi. Ba'zida hamma narsani tashlab, ortga chekinishni istaysiz. Ammo shunday umidsizlik chorrahasida ham ichingizda sado berayotgan bir ovoz qutqarib qoladi: «Yana bir bor urinib ko'r». Bu ovozning nomi — Ganbatte! Bu asarlar sinovidan o'tgan yapon falsafasidir. U sizga: «Mukammal bo'l! Marraga hammadan oldin yetib bor!» — demaydi, balki: «Imkoning yetganicha eng yaxshisini qil va aslo taslim bo'lma!» — deydi. Ganbatte — yiqilganda o'rindan turib, tizzadagi changni qoqib, yo'lda davom etish san'ati. Ganbatte — qorong'ilik qanchalik quyuq bo'lmasin, qalbdagi nurni asrab qolish irodasidir. Marraga birinchi bo'lib yetish shart emas. Asosiysi — yo'lda davom etish. Garchi qadamlaringiz juda kichik bo'lsa ham, atrofingizdagi hamma sizdan o'zib ketsa ham, qanotlaringiz singandek tuyulsa ham, olg'a qadam tashlashda davom eting. Unutmang: katta yutuqlar olg'a bosilgan kichik qadamlarning mevasidir. Muhimi natijangiz emas, balki shu yo'lda ko'rsatgan matonatingizdir.

Shunga o'xshash kitoblar