
Har ketish ham ayriliq emas: 2-kitob
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Turk adabiyoti osmonida charaqlagan yulduzlar — Umar Sayfiddin, Ahmad Unal Cham, Junayd Suavi, Sabohiddin Ali, Vusat Їrxon Bener singari adiblar o'zbek o'quvchilariga yaxshi tanish. Bu adiblar yozgan asarlar hamon o'z o'quvchisini topib kelayotir. Shuning uchun ham ana shu mashhur adiblar qalamiga mansub, bir turkum hikoyalar guldastani tayyorlashga jazm qildik. Hikoyalar hayotiy hamda ta’sirchanligi bilan kishini fikrlashga, hayotni sevishga, inson degan sharafli nomga munosib bo'lmoqlikka undaydi. Qardosh turklarning yashash tarzi, qadriyatlari, dunyoqarashi, orzu maqsadlari haqida xabar beradi. Qolaversa, o'sha xalqda kechayotgan adabiy jarayon va ijodkorlarning ijtimoiy hayotga bo'lgan munosabatini ko'rsatadi. Abu Mansur Moturidiyning o'quvchilar e’tiboriga havola qilinayotgan «Tavhid kitobi» asarida sog'lom etiqod asoslari tadrijiy tamoyilda aniq ilmiy-nazariy va hayotiy dalillar asosida bayon etilgan. Kitobda bayon etilgan e'tiqodga doir eng muhim masalalarni ahli sunna val jamoa yo'lidagi musulmonlar bilishlari va amal qilishlari lozim.






