
Odobni uch yoshdan o'rganamiz: 3-qism
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Qo'lingizdagi kitob uch yoshdan olti yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan tarbiyaviy qo'llanmadir. U go'daklar qalbiga ezgu fazilatlarni o'ziga xos uslubda singdiradi. Bolalar murabbiyi, yigirmaga yaqin ilmiy-ma'rifiy kitoblar muallifi ustoz Ziyovuddin Rahim bolajonlar uchun sodda, qiziqarli, ta'sirli tarzda axloq asoslarini tushuntirgan. Kitobda odob-axloq, poklik, rostgo'ylik, hurmat, mehr, milliy qadriyatlar kabi muhim tarbiyaviy mavzular hikoyalar, misollar, qiziqarli savol va topshiriqlar orqali yoritilgan. Kitobning eng katta afzalligi shundaki, har bir dars bolaning yoshiga mos vizual, interaktiv, amaliy tarbiya uslubida tuzilgan. Bu esa bolajonlar go'zal xulqlarni ishtiyoq bilan o'zlashtirishlariga yordam beradi. «Odobni uch yoshdan o'rganamiz» kitobi bog'cha tarbiyachilari, o'quv markazlari ustozlari, qolaversa, ota-onalar uchun tayyor yo'l xaritasi vazifasini o'tashiga ishonamiz.







