
Olim yetishtirgan onalar
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Onalar farzand tarbiyasida hamisha oilada muhim o'rin tutganlar. Bola tug'ilishidan oldin, hatto juft tanlanayotgan vaqtdayoq bo'lajak onaga e'tibor qaratiladi. Farzand tug'ilgandan keyin ham otasi ish yo boshqa sabablar bilan ko'p vaqt uyda bo'lmaydi, tarbiyaga doir zarur o'gitlar, ko'rsatmalar bergan holda, asosiy ishi moddiy ta'minot bo'lib qolaveradi. Illo, ona soliha, ilmli bo'lsa, farzandi kelajakda buyuk inson bo'lib yetishishi uchun astoydil harakat qiladi. Agar «Nega farzand tarbiyasi yolg'iz mening zimmamda bo'lar ekan?!» deya u ham tarbiya bilan shug'ullanmasa, nafaqat bir bolaning, balki butun boshli millatning kelajagini barbod qiladi. Ulug'larimiz hayotiga nazar soladigan bo'lsak, ularning onalari hatto otalari vafot qilganda ham moddiy ta'minotni o'z zimmalariga olishgan, ham farzand tarbiyasi bilan shug'ullanishgan. Yillar davomida chekilgan zahmat natijasi o'laroq, Imom Ahmad, Imom Buxoriy kabi buyuk insonlar yetishgan. Bu kitobda ana shunday ulug' zotlarning onalari farzand tarbiyasida qanday yo'l tutganlari, qanchalar azob-uqubat tortganlari haqida hikoya qilinadi. Shunday ekan, har bir ona haqida o'qib, alohida o'git olamiz.





