Asosiy qismga o'tish
200 000 so'm dan bepul yetkazib berish

Otam - Sulton Abdulhamid

60 000 so'm
Sotuvda bor
1
  • Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
  • Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
  • ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan

Usmonlilar imperiyasi sultoni Abdulhamid II to‘g‘risida o‘nlab tarixiy-badiiy asarlar, xotiralar o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Qo‘lingizdagi kitob ham mana shu tarixning adolatli baholangan asl manzarasini ko‘rish istagidagi insonlarning sa’y-harakatlari mahsuli – Sulton Abdulhamid II ning qizi, metin irodali malika Oysha Sultonning otasi haqidagi xotiralaridir. Asar kitobxonlarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz. Oysha Sulton xotiralari o‘ta samimiy va xolislik bilan bayon qilingan, eski davr memuarlariga xos bo‘lgan maddohlig-u madhiyalardan xoli. Xotiralarni o‘qirkansiz, XIX asr oxiri – XX asr boshi dunyo tarixi va siyosiy tuzumlar, eski davlatchilik va modern siyosiy qarashlar o‘rtasidagi ziddiyat jarayonida yangi XX asr davlatchiligining shakllanish tadrijini, bu jarayonda bir shaxsning o‘rni va taʼsiri qanday bo‘lganligini ko‘rasiz. Xotiralar sulton shaxsini shakllantirgan shahzodalik hayoti, fojiali taqdirlar va ayanchli qismatlar bayoni xuddi bir kino lentasiday ko‘z o‘ngingizdan o‘tadi, o‘sha davr saroy va haram hayoti muhitiga olib kiradi sizni.

Shunga o'xshash kitoblar

Muallifning boshqa kitoblari