
Qalbi singanlarga
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Bag‘ishlov Ushbu kitobimni: Xoinlarga to‘la bu dunyoda qalbi shikast yeganlarga bag‘ishlayman! Qalblarining parchasini o‘lim tortib olganida sabr qilganlarga bag‘ishlayman. Chunki ular jannatda ayriliqsiz uchrashuv va visol borligini bilishadi! Bemorlik holdan toydirganida ham Allohning eshigini tark qilmaganlarga bag‘ishlayman. Chunki ular bu dunyoning sinov dunyosi ekanini bilishadi! Alloh rizqlarini tor qilib qo‘yganida Unga hamd aytib, peshonasiga bitilganiga sabr etganlarga va qalblari qanoatga boy bo‘lganlarga bag‘ishlayman! Taloq qilinganida, eri vafot etganida iffa-tini saqlagan farishtamonand singillarimizga bag‘ishlayman. Yana, iffatini xuddi yonib turgan cho‘g‘ni qo‘lida tutib turgani kabi ming azob bilan saqlayotgan ayollarimizga bag‘ishlayman! Nafs va shaytonlarga qarshi kurashayotgan iffatli yoshlarimizga bag‘ishlayman! Mahzunlarga, dili shikastalarga, yordamsiz qolib ketganlarga bag‘ishlayman! Bilaman, mening so‘zlarim qalbdagi yoriqlarni yopa olmaydi. Ammo biroz tasalli beradi. Bu kitobni sizlarga bag‘ishlayman. Shoyad tasalli topsangiz!









