
Qaytish
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Mazkur asar inson ruhiyatining murakkab evrilishlari, oʻzlikni anglash va o'tmish bilan yuzlashish mavzusiga bag'ishlangan. Asar qahramoni uzoq vaqt davomida oʻzidan, o'z haqiqatlaridan va yaqinlaridan qochib yurgach, nihoyat “qaytishga qaror qiladi. Ammo bu qaytish shunchaki geog- rafik manzilni o'zgartirish emas, balki qalbning tub-tubidagi og'riqlar, xatolar va kechirilmagan tuyg'ular bilan yuzlashish- dir. Muallif har bir inson erta-kech o'z asliga, ildizlariga va vijdoniga qaytishi muqarrar ekanini badiiy mahorat bilan tasvirlaydi. Asar o'quvchini «Inson o'zidan qochib qutula oladimi?» degan savol ustida mushohada yuritishga chorlaydi. O'z yo'lidan dadil odimlovchilar va o'zligini qayta yarata olganlar uchun… Tabiatning o'zini takrorlashini ko'rolmaysiz. Fasllar almashinuvi shunchaki takrorlanish emas. Zero, tabiatning asosi-yangilanishdir. Joriy fasl, avvalgisi yangilangan holda qayta kelishi uchun buyuk kurashlar olib boradi. Tabiatga o'sha muhtasham go'zalliklarni baxsh etib, uning qayta mavjud bo'lishini ta'minlaydigan narsa aynan o'tgan fasldir. Ayol ham ona tabiat kabidir. U bugunini go'zallashtiradigan har bir lahza uchun kurashadi va sevadi… E voh! Doimo keyingi fasl hayajoni bilan yashab, o'zini takrorlashdan nari o'tolmaganlarga achinasan kishi! O'zligining tub-tubidagi sevgi ishtiyoqi o'mini egallagan kibr, ustunlik, o'zgalarni rad etish va mehrsizlik sababli, tanholik qudug'iga g'arq bo'lganlarning to'lg'onishlari haqida hikoya qiluvchi «Qaytish» romani — turk adabiyoti sodda tilining eng yorqin namunalaridan biridir.




