
Qur'oniy bilimlar yoxud qiziqarli islomiy savol-javoblar
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Olamlar Parvardigori Alloh taologa bitmas — tuganmas hamdu sanolar, olam ahliga rahmat va marhamat qilib yuborilgan payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga salavot-u salomlar bo'lsin!.. Ammo baʼd…Ilm va maʼrifat muqaddas dinimiz Islomda benihoya yuksak mavqeʼni egallaydi. Payg‘ambarimizga tushirilgan ilk vahiyning “O‘qi!” amri bilan boshlanishi ham buning yorqin dalilidir. Ko‘plab oyatu hadislar ilmning musulmon kishi hayotida g‘oyat muhim o‘rin egallashiga dalolat qiladi. Alloh taolo ilm ahli bilan ilmsiz kimsalarni aslo teng bo‘lmasliklarini taʼkidlar ekan: «Ayting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar (hech) barobar bo‘lurmi?!» Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar» (Zumar surasi, 9-oyat), deya marhamat qiladi.





