Yosh Verterning iztiroblari
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Yohann Volfgang Gyote (1749-1832) — yangi davr nemis adabiyotining asoschisi. Ijodi XVIII asrning 70-80-yillari Germaniyada mavjud bo'lgan «Bo'ron va hujum» adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlangan. Shu davrda Gyote «Ges fon Berlixingen» (1773), «Prometey» (1773) kabi dramalar va lirik she'rlar yozadi. Gyote adabiy faoliyatining ilk davriga mansub «Yosh Verterning iztiroblari» (1774) romani o'sha davr nemis adabiyotida katta voqea bo'ldi. 1786-1788-yillarda Italiyaga safari davrida «Ifigeniya Tavridda» (1779-1781), «Egmont» (1788), «Torkvato Tasso» (1780-1789) kabi dramalar yozadi. Gyote «G'arb-u Sharq devoni»ni (1814-1819) Sharq she'riyatidan ilhomlanib yozgan. Devon 12 bo'limdan iborat. Gyotening «Faust» fojiasi (1768-1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi.



