E'tiqod va muhabbat
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
1775-yil 16-dekabrda Angliyaning Xempshir grafligidagi Stiventon shaharchasida tug'ilgan. U oiladagi sakkiz farzandning yettinchisi bo'lib, ota-onasi o'qimishli va keng dunyoqarashga ega insonlar edi. Yosh Jeyn juda erta ijod jarayoniga kirishadi, u 14 yoshidanoq badiiy asarlar yozishni boshlaydi. Yozuvchi ijodi ikki davrga bo'linib, ilk ijod davrida yozilgan asarlari sirasiga «Aql va hissiyot», «Andisha va g'urur» va «Nortenger abbatligi» romanlarini, yetuk ijod davrida yozgan asarlari jumlasiga esa «Mensfild-park», «Emma» kabi asarlarini kiritish mumkin. Jeyn Ostin bugungi kunda nafaqat Angliya, balki butun dunyo kitobxonlarining sevimli adabisi hisoblanadi. Jeyn Ostin 1817-yilning 18-iyulida vafot etgan.


