Kakku uyasi uzra parvoz
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Ken Kizi (asl ismi Kennot Elton Kizi) – 1935-yil 17-sentabrda Amerikada tug'ilgan. Stenford universitetidagi tahsili davomida u yosh psixiatr Vik Lovell bilan tanishadi, 1959-yilda Lovellning yordami bilan «Menlo Park» kasalxonasining psixiatriya bo'limida tungi navbatchi sanitar vazifasida ish boshlaydi. Kizi kasalxonadagi faoliyati davomida psixotrop moddalarning inson organizmiga ta'sirini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlarda ham ishtirok etadi. Muassasadagi bemorlarning jamiyat tomonidan rad etilishi, ular bilan doimiy muloqot «Kakku uyasi uzra parvoz» asarining yaratilishiga asos bo'ldi va roman Ken Kiziga katta shuhrat olib keldi. 1975-yilda rejissyor Milosh Forman mazkur asar asosida film suratga oldi va ushbu film 5 ta nominatsiya bo'yicha Oskar mukofotiga sazovor bo'ldi.


