Noma'lum ayol maktubi
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Stefan Sveyg (Stefan Zweig) 1881-yil 28-noyabrda Vena shahridagi badavlat xonadonda, to'qimachi korxona egasi Morits Sveyg oilasida dunyoga kelgan. 1900-yilda gimnaziyani tamomlab, Vena universitetining falsafa fakultetida tahsil ola boshlaydi. Talabalik chog'idayoq «Kumush torlar» deb nomlangan ilk she'riy kitobini nashr ettirgan. Universitetni tamomlagan Stefan Sveyg dunyo bo'ylab sayohatga otlanib, dastlab Yevropa, keyinchalik Osiyo va Amerika qit'asidagi ko'plab shaharlarga borgan. 1922-yildan boshlab Stefan Sveyg nomini mashhur qilgan kitoblar birin-ketin nashr etilgan. Ayniqsa, adibning tarixiy-biografik yo'nalishda yozilgan «Erazm Rotterdamusning shukuhi va fojiasi» (1934), «Mariya Styuart» (1935) asarlari yangilanayotgan Yevropa adabiyotida katta o'zgarish yasagan. Fashizmning ashaddiy dushmani bo'lgan adib natsistlarning Yevropa bo'ylab g'olibona yurishlariga toqat qilolmagan va ruhiy tushkunlik natijasida 1942-yil 22-fevralda o'z joniga qasd qilib, hayotdan ko'z yumgan.


