Sag'ri teri tilsimi
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Fransuz yozuvchisi Onore de Balzak (1799-1850) — buyuk romannavis, realizm yo'nalishining asoschilaridan biri, jahon adabiyotida o'chmas iz qoldirgan ijodkor. U Fransiya jamiyatini chuqur tahlil qilgan holda inson tabiati, nafs, hirs va ma'naviy tanazzul masalalarini asarlarida mahorat bilan yoritgan. Balzakning ijodi inson ruhiyatining eng nozik jihatlarini ochib berishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Yozuvchi mashhur «Insoniyat komediyasi» turkumi orqali yuzlab obrazlar galereyasini yaratdi va XIX asr Fransiya hayotini badiiy solnoma sifatida tasvirlab berdi. «Sag'ri teri tilsimi» Balzakning eng mashhur falsafiy romanlaridan biri bo'lib, u inson xohishlari, taqdir va hayot qonuniyatlari haqida hikoya qiladi. Asarda inson orzulari va ularning bahosi o'rtasidagi murakkab bog'liqlik ta'sirli tarzda ochib berilgan.


