Shohona ishrat
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Fransuz yozuvchisi Viktor Mari Gyugo (1802-1885) – nosir, shoir, dramaturg, siyosat va jamoat arbobi. Oilada uchta aka-ukaning eng kichigi edi. Otasi Jozef Leopold Sigisber Gyugo Napoleon armiyasining generali, onasi Sofi Trebuchet esa nantlik kema egasining qizi bo'lib, yozuvchining bolaligi safarlarda o'tadi. Bu sayohatlar bo'lajak adibning qalbida chuqur taassurot qoldirdi va uning romantik dunyoqarashini shakllantirdi. 1885-yil Parijda vafot etgan. Respublikachi g'oyalar tarafdori Viktor Gyugo o'limidan so'ng, marhumning xoki Fransiyaning mashhur vatanparvarlar dafn etiladigan Parijdagi daxma Panteonga ko'chirilgan. Viktor Gyugo ijodiy faoliyatini 14 yoshida boshlagan. Dastlabki she'riy to'plami «Qasidalar» («Odes») deb nomlanib, 1822-yilda nashr etilgan. 1827-yilda ilk tarixiy dramasi «Kromvel» («Cromwell»), 1829-yilda «Sharqona» («Orientales»), 1830-yilda birinchi eponim dramasi «Ernani» («Hernani») va 1831-yilda «Parij Bibi Maryam ibodatxonasi» («Notre-Dame de Paris») kabilar yozuvchiga ketma-ket olamshumul zafarlar olib kelgan…



