Yashik-odam
- Do'kondan olib ketishChorsu filiali · bugun tayyorBepul
- Toshkent bo'ylab kuryerErtaga yoki 1–2 kun ichida25 000 so'm
- ViloyatlargaBTS, EMU yoki Uzpost · 2–5 kun20 000 so'm dan
Yozuvchi, dramaturg va ssenariy ustasi sifatida dong taratgan Kobo Abe (1924-1993) san'at sohasida Ikkinchi jahon urushidan keyingi yapon avangardining yetakchi namoyandalaridan biridir. Uning «Qumdagi xotin», «Begona qiyofa», «Yoqib yuborilgan xarita» kabi romanlari asosida o'tgan asr oltmishinchi yillarida rejissyor Xirosi Tesigaxara tomonidan badiiy filmlar yaratilgan. Inson va uning erkinligini bo'g'uvchi jamiyat o'rtasidagi ziddiyatlar Kobo Abe ijodining bosh mavzusidir. Yoshlik yillari Manchjuriyada kechgan Kobo Abe 1943-yili Tokio qirollik universiteti tibbiyot fakultetiga o'qishga kirgan, ammo bitiruv imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tolmagani uchun vrachlik diplomini olish nasib etmagan. Adib 1973-yili «Abe Kobo studiyasi» deb nomlangan o'z teatrini tashkil etadi va dramaturgiya sohasida samarali ijod qila boshlaydi. Kobo Abening asarlari «Akutagava», «Yomiuri» va «Tanidzaki» singari Yaponiyaning eng nufuzli mukofotlariga sazovor bo'lgan.


